O‘zbekistonda Yoshlar ekologik oromgohi tashkil etiladi
2025-05-23 16:00:00 / Yangiliklar

Maqsad Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra yoshlar orasida ekologik madaniyatni oshirish, aholining ekologiya bilan bogʻliq huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ilmiy va innovatsion qobiliyatlarini namoyon etish, ekologik muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlangan takliflar ishlab chiqishdir.
Eko-oromgohga yurtimizning har bir hududidan 15 nafardan mahallalarning yoshlar yetakchilari, “Yosh ekologlar” harakati Kengashlari a’zolari, volontyorlar, ekofaollar hamda “Ekologiya bilimdonlari” tanlovi g‘oliblari jalb qilinadi. Ishtirokchilarni ekologik muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar mashg‘ulotlari, intellektual o‘yinlar, ommaviy sport va plogging musobaqalari, ekologik loyihalar, “Ekologiya bilimdonlari” va boshqa tanlovlar, madaniy-koʻngilochar tadbirlar, taniqli insonlar bilan uchrashuvlar va tarixiy obidalarga sayohatlar kutmoqda.
Yakunda faol ishtirok etgan guruhlar va hudud jamoalari vakillari diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi. Shuningdek, eko-oromgoh ishtirokchilarining har biriga maxsus sertifikatlar topshiriladi.
